2023- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 72,8 % ni tashkil etdi. 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 0,4 punktga ortgan.
2023- yilning yanvardekabrida kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari yo‘lovchi tashishda 97,5 % ni, yo‘lovchi aylanmasida 95,6 % ni, chakana savdoda 94,7 % ni, qishloq xo‘jaligida 94,2 % ni, yuk tashishda 93,7 % ni, qurlilishda 91,7 % ni, yuk aylanmasida 91,5 % ni tashkil etdi.