O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o'zbekona sharm-hayo me'yorlarini targ'ib qilish, o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida respublikamiz bo'ylab “Xon atlas 2024” milliy festivali bo'lib o'tmoqda.
Mazkur festivalda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham munosib hissa qo‘shib, go’zal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.