17/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Mingbuloq tumanida 195,3 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 67,1 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 48,7 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 13,8 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 10,8 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 2,7 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 3,7 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 1,7 mlrd. so‘m, va boshqa sohalada 46,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.