17/04/2024

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2024- yil 1- aprel holatiga 3 mln. 79,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 13,8 ming kishiga ko‘paydi.

Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 998,8 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,9 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 81,1 ming kishini (35,1 %) tashkil etdi.

Shuningdek, doimiy aholining 1 mln. 565,5 ming nafarini erkaklar, 1 mln. 514,4 ming nafarini ayollar tashkil etgan.

 Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Namangan shahrida 700,4 ming nafar, Chust 286,9 ming nafar va To‘raqo‘rg‘on 246,3 ming nafar ekanligi qayd etildi.