17/04/2024

Mingbuloq tumani 1952- yil 15- aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,741 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 137,5 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- aprel holatiga nisbatan 2,8 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 51,0 %ini erkaklar, 49,0 %ini ayollar tashkil etadi. 2024 yilning yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar soni 749 kishini, vafot etganlar soni 126 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 158 ta nikohlar va 56 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.