17/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 294,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97,0 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Ta’lim sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida Namangan shahrinig ulushi 79,0 % ga va To‘raqo‘rg‘on tumanining ulushi 8,0 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumot o‘rnida, 2024- yilning o‘tgan davrida ta’lim sohasidagi xizmatlarning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 5,8 % ni tashkil etdi.