22/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 9 trln. 253,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,3 % ga o‘sdi.

📊 YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 111,2 % ni tashkil qildi.

👨‍👩‍👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 3 mln. 11,3 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 6,0 % ga yuqoridir.

♻️ Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:

🏗 Qurilish - 109,8 %
🏭 Sanoat - 109,8 %
⚒ Xizmatlar - 109,1 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,3 %ni tashkil etgan.

✅ Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 3,8 % ga yetdi.