22/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Pop tumanida 327,8 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,3 %ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 111,4 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 94,2 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 26,7 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 17,9 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 7,0 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 8,8 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 3,8 mlrd. so‘m, va boshqa sohalada 57,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.