Joriy yilning 29- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 22024- yil mart oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasining 9 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 26 ta qarori va boshqa idoralarning 8 ta normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.