Joriy yilning 22- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining vazifasi va imkoniyatlari" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" yetakchi muhandis dasturchisi O. Ismoilxo'jayev tomonidan STATA MP 18.0 dasturining vazifasi, dasturlar paketi va uning imkoniyatlari, versiyalari hamda uning yaralish tarixi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar davomida STATA MP 18.0 dasturining foydali jihatlari va kamchiliklari hamda uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati