23/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Pop tumanining tashqi savdo aylanmasi 8,7 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 100,1 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 3,7 mln.AQSH dollarini, import hajmi esa 5,1 mln.AQSH dollarini tashkil etgan. Savdo aylanmasi dunyoning 16 ta davlati bilan amalga oshirilgan bo‘lib, yuqori ulushni Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston va Rossiya qayd etilgan.