2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 526 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 16,8 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 477 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 628 ta
- Chust tumani – 363 ta
- Namangan tumani – 362 ta
- Kosonsoy tumani – 354 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 322 ta
- Uychi tumani – 287 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 261 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 225 ta
- Norin tumani – 222 ta
- Pop tumani – 212 ta
- Chortoq tumani – 183 ta
- Mingbuloq tumani – 107 ta