24/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi eksport-importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini ta’minlash, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami yig‘ish tizimini takomillashtirish maqsadida, Namangan viloyati Statistika hamda Turizm boshqarmalari hamkorligida Namangan viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.

  Shu munosabat bilan, belgilangan reja-grafikga asosan, Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashev hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev tomonidan mazkur kuzatuvlarni samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 24-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O'quv seminarida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolariga mazkur kuzatuvni sifatli tashkil etish, kuzatuv jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarni oldini olish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati