25/04/2024

📊 2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 trln 23,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni ko‘rsatmoqda.

👨‍👩‍👦‍👦 Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 mln. 634,8 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

♻️ Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning ulushi - 67,0 % ni tashkil etgan.

✅ Shuningdek, bozor xizmatlari tarkibida yuqori ulushga ega bo'lgan sohalar;

🛍 savdo xizmatlari - 30,6 %,

🚕 transport xizmatlari - 20,5 %,

👨🏻‍💻moliyaviy xizmatlar - 15,5 % ni tashkil etgan.

📌 Ma'lumot o'rnida: 2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 19 082 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar- mart oylarida ushubu sohada yana 733 yangi korxonalar tashkil etildi.