25/04/2024

Joriy yilning 24- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari va fuksiyalarini o‘rganish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" yetakchi muhandis dasturchisi O. Ismoilxo'jayev tomonidan  STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari, dasturlar paketi va ish jarayonida qo'llaniladigan buyruqlar ketma-ketligi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminar davomida STATA MP 18.0 dasturi yordamida statistik hisobotlar tayyorlash oson hamda qulay ekanligi, dasturning boshqa foydali jihatlari va uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi. 

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

  

Axborot xizmati