26/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 2 trln. 297,3 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi. Viloyatimiz bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 93,7 %ga to‘g‘ri kelmoqda. 2024- yilning yanvar - mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 30,5 ming tonna go‘sht, 124,2 ming tonna sut, 125,8 mln. dona tuxum, 303,0 tonna jun ishlab chiqarildi va 983,1 tonna baliq ovlandi.