26/04/2024

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 13 ming 679,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (33,6 %), XXR (30,9 %), Rossiya (9,2 %), Qozog‘iston (5,3 %) hamda Afg‘oniston (3,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yanvar-mart oylarida xorijga 5,8 ming tona piyoz, 596,2 tonna karam, 398,2 tonna pomidor, 585,3 tonna uzum-mayiz, 295,5 tonna xurmo va boshqa meva-sabzavotlar eksport qilingan.