26/04/2024

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida faoilyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 766 tani tashkil etgan. So‘nggi besh yilda ular soni 48 taga ko‘paygan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 549,4 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi besh yilda ular soni 47,4 ming nafarga ko‘paygan. Tahsil olayotgan o‘quvchilarning 51,3 %ini o‘g‘il bolalar, 48,7 %ini qiz bolalar tashkil etgan. Tahsil olayotgan o‘quvchilarning bitta sinfdagi o‘rtacha soni 25 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, umumta’lim muassaslarida jami 42,3 ming nafar o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritmoqda.