Joriy yilning 23- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad yangi STATA MP 18.0 dasturi haqida statistika xodimlariga ma’lumot berish, dasturni ish jarayoniga tadbiq etish, dasturning afzalliklari va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida ko‘nikma va bilimlarni oshirishdan iborat.
Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" bo‘limi xodimlari tomonidan STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari, hisobotlar tayyorlash, dasturning foydali jihatlari va uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati