Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 054 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 398 ta
- sanoat sohasida – 216 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 101 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 73 ta
- tashish va saqlash sohasida – 40 ta
- axborot va aloqa sohasida – 38 ta
- qurilish sohasida – 37 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 21 ta
- boshqa sohalarda – 130 tani tashkil etgan.