13/05/2024

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 5 trln 223,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % tashkil etgan. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 mln 699,8 ming. so‘mdan to‘g‘ri kelgan.