13/05/2024

Joriy yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 716 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar-aprel oylarida bu sohada 33 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

  • Namangan shahri – 284 ta
  • Chust tumani – 57 ta
  • Pop tumani – 49 ta
  • Namangan tumani – 44 ta