2024- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 369,9 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 93,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2023- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 108,2 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Namangan shahri (454,1 mlrd. so‘m), Chortoq (115,9 mlrd. so‘m), Uychi (104,4 mlrd. so‘m), Yangiqo‘rg‘on (97,0 mlrd. so‘m) Kosonsoy (90,0 mlrd. so‘m), Pop (84,8 mlrd. so‘m), Uchqo‘rg‘on (82,4 mlrd. so‘m) va Namangan (82,3 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.