15/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 722,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 4,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 18,6 %ni tashkil etdi.