16/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln. 353 ming 700 so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yilga nisbatan 135,1 %ga yetgan. Hududlar bo‘yicha savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi To‘raqo‘rg‘on tumanida 5 mln 31,9 ming so‘mda kuzatildi.