16/05/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 450,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,4 %ni tashkil etdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 6,3 %ni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi 93,7 %ni tashkil qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 84,1 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 11,4 % i - fermer xo‘jaliklariga, 4,5 % i - qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.