17/05/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 943,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmining 64,5 % i to‘g‘ri kelgan. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan.