21/05/2024

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlardan qiymati 48,8 mln AQSH dollarilik sanoat mahsulotlari importini amalga oshirgan bo‘lib, bu viloyat bo‘yicha jami import hajmining 20,0 %iga to‘g‘ri kelgan. Sanoat mahsulotlari importida beshta yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya) jami importning 86,7 % ini tashkil qiladi, bu 42,3 mln AQSH dollarini tashkil etadi.