21/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida 1 trln 379,9 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 119,7 foizga yetgan. Hududlar kesimida eng ko‘p transport xizmatlari Namangan shahrida 418,9 mlrd so‘mni, Pop tumanida 121,3 mlrd so‘mni hamda Chust tumanida 116,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlarining qo‘shgan hissasi 20,7 % ga to‘g‘ri kelmoqda.