2024- yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1583 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2 trln 113,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 6,3 %, norasmiy sektor - 28,0 % hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 65,7 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng ko'p qurilish ishlari, mlrd so'mda
Namangan shahri - 629,8
Chortoq tumani - 192,3
Uychi tumani - 181,2
Kosonsoy tumani - 160,3 mlrd so'mni tashkil etgan.