23/05/2024

Joriy yilning 22- may kuni Namangan viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev tomonidan Chortoq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o'rganildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish, kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Jarayondan fotolavhalar: