03/05/2024

Joriy yilning 3- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 30.04.2024- yildagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-70-son Farmoni haqida tushuncha berildi. 

Ushbu Farmon bilan 2024-yil 1-iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratilishini, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanishi, 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanishi, subsidiyalar — 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanishi belgilanganligi to‘g‘risida xodimlarga to‘liq ma’lumotlar berildi. 

 Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.