Joriy yilning 10- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 02.04.2024- yildagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-923-son Qonuni haqida tushuncha berildi.
Xususan, “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu subyektlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — uch oygacha, 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — olti oygacha, 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda — o‘n ikki oygacha soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi, shuningdek, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvarga qadar 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — belgilangan soliq stavkasining 50 foizi, 101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — belgilangan soliq stavkasining 75 foizi, 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda — ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi belgilanganligi to‘g‘risida xodimlarga to‘liq ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.