17/05/2024

Joriy yilning 17- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 07.05.2024- yildagi “Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” PF-76-son Farmoni haqida tushuncha berildi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5209-son qaroriga ham o‘zgatirish kiritilib,  unga ko‘ra 2024-yil 1-martdan boshlab gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga dehqon xo‘jaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratilishi, 2024-yil 1-martdan boshlab “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni o‘rgatish maqsadida Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida har birining maydoni 2 sotix bo‘lgan 25 ta “Gulchilik o‘quv poligon”larini tashkil etish uchun  0,5 gektar yer maydoni tashabbuskor tadbirkorlarga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berilishi, “Gulchilik o‘quv poligon”larida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish maqsadida 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berilishi belgilanganligini aytdi.

 Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.