27/05/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24-25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tashkil etildi.

 Dastlab ishtirokchilar, Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - Yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, yosh mutaxassislar o‘rtasida “Intellekt - karta. Krossvord.” hamda “ZakovatQuiz” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirni Namangan shahri hokimi Anvarjon Otahodjayev kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Shuningdek, yosh xodimlar Davlatobod tumanidagi "FAZMAN TEKSTIL" mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Forumning 2-bosqichi Sport musobaqalariga start berildi.

Unda ishtirokchilar sportning shashka, stol tennisi boshqa turlarida o‘zaro bellashdilar.

Kun yakunida “63-Xalqaro Gullar festivali” doirasida Namangan shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i hamda Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida tashkil etilgan gullar kompozitsiyalari bilan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

 Tadbirning ikkinchi kunida Statistika boshqarmasi boshlig‘i  Melixujayev Sanjarbek Obidxonovich ishtirokchilar bilan “Yosh statistika xodimlari bilan uchrashuv. Taklif va mulohazalar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

 Tadbir davomida “Intellekt - karta. Krossvord.” va “ZakovatQuiz” intellektual o‘yinlari hamda Sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Tadbir jarayonidan fotolavhalar.