2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 trln 657,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,4 foizga yetgan.
👨👩👦👦 Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 mln 166,3 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.
♻️ Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning ulushi - 67,6 % ni tashkil etgan.
✅ Shuningdek, bozor xizmatlari tarkibida yuqori ulushga ega bo'lgan sohalar;
🛍 savdo xizmatlari - 30,6 %,
🚕 transport xizmatlari - 20,7 %,
👨🏻💻moliyaviy xizmatlar - 14,9 % ni tashkil etgan.
📌 Ma'lumot o'rnida: 2024- yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 19 008 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar- aprel oylarida ushbu sohada yana 1012 yangi korxonalar tashkil etildi.