2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 trln. 886,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2023- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 50,0 % ga o‘sdi va 464,9 mlrd so‘mni tаshkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 7,9 % ulushiga to‘g‘ri keldi.