29/05/2024

2024- yilning 1- may holatiga Pop tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 952 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 610 taga ko‘paygan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo sohasida 662 ta hamda sanoat sohasida 215 tani qayd etilgan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida tumanimizda jami 116 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.