29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Pop tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 326,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 8,2 %i yirik korxonalar hamda 91,7 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 1 mln 381,7 ming so‘mni tashkil etgan.