29/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Mingbuloq tumanida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi 155,3 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,8 % ni tashkil etdi. O‘tgan yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1,2 ming tonna go‘sht, 7,3 ming tonna sut, 6,8 mln. dona tuxum, 7,9 tonna jun ishlab chiqarildi va 108,0 tonna baliq ovlangan.