2024- yil 17- aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuning 25-moddasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga doir chora-tadbirlar belgilab berilganligini, shuningdek, davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyati yuklatilgan ham bo‘lib, davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shartligi, ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, seminar davomida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish haqida ham to‘xtalib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishligini tushuntirdi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.