31/05/2024

Joriy yilning 31- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan joriy yilning may oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 2 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida  xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

 

 Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.