2024- yilning 1- may holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 663 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,3 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 604 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 690 ta
- Chust tumani – 367 ta
- Namangan tumani – 366 ta
- Kosonsoy tumani – 363 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 328 ta
- Uychi tumani – 299 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 276 ta
- Norin tumani – 229 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 228 ta
- Pop tumani – 215 ta
- Chortoq tumani – 188 ta
- Mingbuloq tumani – 114 ta