04/06/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 19,0 %), sanoatda – 109,8 % (19,4 %), qurilishda – 109,8 % (6,9 %), xizmatlar sohasida – 109,1 % ni (54,7 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 111,3 % (10,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 119,5 % (8,4 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 106,0 % dan (35,7 %) iborat bo‘ldi.