06/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan shahrida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2,5 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 13,9 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 10,6 %i yirik korxonalar hamda 89,4 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 3 mln 597,8 ming so‘mni tashkil etgan.