07/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 246,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 2,2 %i yirik korxonalar hamda 97,8 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 1 mln 325,2 ming so‘mni tashkil etgan.