07/06/2024

2024- yilning 1- may holatiga Uchqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 927 tani tashkil etib, shundan, 1 657 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo sohasida 585 ta hamda sanoat sohasida 276 tani qayd etilgan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida jami 139 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.