2024- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 718 tani tashkil etgan.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 284 ta
- Chust tumani – 56 ta
- Pop tumani – 48 ta
- Namangan tumani – 44 ta
Shuningdek, joriy yilning yanvar-may oylarida bu sohada 43 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.