2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida 2217,6 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etgan. Viloyat bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 22,6 %ga to‘g‘ri kelgan.