2024- yilning yanvar-aprel oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanining tashqi savdo aylanmasi 56,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 113,2 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 29,9 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 26,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida To‘raqo‘rg‘on tumanining qo'shgan ulushi 13,7 %ga to'g'ri kelmoqda.